
Braziliyalik mashhur futbol yulduzi Ronaldo yana bir bor turmush qurishga qaror qildi. E’tiborlisi, bo‘lajak nikoh “so‘yloq” uchun to‘rtinchisi bo‘ladi.
Ronaldoning tanlagani 32 yoshli model Selina Loks bo‘lib, bo‘lajak er-xotin allaqachon ijtimoiy tarmoqlarda uzuklarni ko‘rsatib, yaqinlashib kelayotgan to‘ylarini e’lon qilishga ham ulgurgan.
Qizig‘i shundaki, to‘yga birinchi bo‘lib munosabat bildirganlardan biri Ronaldoning sobiq turmush o‘rtog‘i Milen Dominges bo‘ldi. U 2002 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi to‘purarini hayotidagi yana bir muhim voqea bilan tabrikladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar