
Xabaringiz bor Niderlandiyada klassik shaxmat bo‘yicha nufuzli “Tata Steel Chess 2023” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqaning masters guruhida ishtirok etayotgan Nodirbek Abdusattorov 7-turda hindistonlik shaxmatchi Arjun Arigasini qora donalarda mag‘lub etib, ochkolari sonini 5,5 taga yetkazib oldi. Nodirbek musobaqa jadvalida hamon peshqadamlik qilmoqda. Uning 8-turdagi raqibi esa yana bir kuchli shaxmatchi AQSHlik Levon Aronyan bo‘ladi.
Masters guruhidagi holat

Turnirning chelenjerlar tasnifida esa yana bir hamyurtimiz Javohir Sindarov 7-turda mezbonlar vakili Elin Robersni mag‘lub etgach ochkolarini 5 taga yetkazib oldi. U turnir jadvalida 2-pog‘onani band etib turibdi. 8-turda Javohirga Turkiya vakili Mustafa Yilmaz raqib bo‘ladi.
Chelenjerlar guruhi turnir jadvali

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar