Armanistonlik fubolchi Bundesligada eng yaxshisi bo‘ldi

Armanistonlik fubolchi Bundesligada eng yaxshisi bo‘ldi
Armanistonlik fubolchi Bundesligada eng yaxshisi bo‘ldi

Germaniya chempionatida to‘p surayotgan futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, “Borussiya” D klubi xavbeki Genrix Mxitaryan 2015/16 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi, deyiladi "Darakchi" nashrida.

So‘rovnomada ishtirok etgan 235 nafar futbolchilarning 31,1 % armanistonlik futbolchini qo‘llab-quvvatlagan. Ikkinchi o‘ringa “Bavariya” hujumchisi Roberto Levandovski loyiq bo‘ldi. Uni 21,1 % respondentlar qo‘lladi. Uchinchi o‘rin 13,6 % bilan Tomas Myullerga nasib qildi.

Ta’kidlash kerakki, yakuniga etgan mavsumda Genrix Mxitaryan Bundesligasning 31 uchrashuvida maydonga tushib, 11 ta gol va 18 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar