16:26 / 30.01.2023
812

Muxlislar “Roma” futbolchisi haqida: “Qo‘rqoqlar va sotqinlar ketishi lozim”

Muxlislar “Roma” futbolchisi haqida: “Qo‘rqoqlar va sotqinlar ketishi lozim”
Foto: Getty Images
Ingliz klubi “Roma” futbolchisi uchun 30+5 million yevro va uning keyingi sotuvidan 10% taklif qilgan. Rimliklar ushbu taklifni qabul qilgan, biroq Zanioloning o‘zi “Bornmut” bilan shartnoma imzolashni xohlamagan.

Rim klubi Nikolo va uning agenti tomonidan qilingan ushbu harakatlardan hafsalasi pir bo‘lgan. Xabarlarga ko‘ra, “Roma” yarim himoyachiga chora ko‘rmoqchi. Klub Zanioloni mavsum oxiriga qadar tarkibdan chetlatish niyatida.

23 yoshli futbolchi “Roma”ni yozda tark etishni maqsad qilgan, shundagina unda bitta emas, bir nechta klubdan takliflar bo‘lishi mumkin.

Rim jamoasi muxlislari Nikolo Zanioloning sha’niga haqoratli so‘zlar yozilgan bannerlarni ilib qo‘ydi.

Foto: romapress.net
Kolizeyga uncha uzoq bo‘lmagan joyga muxlislar: “Zaniolo” — sotqin va sharafsiz” so‘zlari yozilgan bannerni joylashtirgan.

Keyinchalik muxlislar “Roma”ning mashg‘ulotlar bazasi darvozasiga ham “Qo‘rqoqlar, sotqinlar va ochko‘zlar Trigoriyani tark etishi lozim. Faqatgina bizning rangimizni hurmat qilganlarni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlaymiz”, degan yozuvni ilib ketishgan.

Foto: “Roma”
Nikolo Zaniolo 2022/23 yilgi mavsum “Roma” safida barcha musobaqalarda 17 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Muxlislar “Roma” futbolchisi haqida: “Qo‘rqoqlar va sotqinlar ketishi lozim”