2022 yilgi mavsumda Bobur Abduxoliqov yetakchiligidagi “Energetik-BGU” jamoasi Belarus chempioni, deb e’lon qilinishi mumkin. O‘tgan mavsumda ushbu jamoada bir necha o‘zbek futbolchilari – Abduqodir Husanov, Amirbek Baqoyev, Shohruhbek Abdurahmonov va Abbosbek Jumaqulov to‘p tepgan edi.
Ma’lumki, “Energetik-BGU” 30 ta uchrashuvda 60 ochko jamg‘arib, chempionatni ikkinchi o‘rinda yakunladi va o‘z tarixida ilk bor oliy liga sovrindori bo‘ldi. Bunda barcha o‘yinlarda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 26 marotaba ishg‘ol qilgan Bobur Abduxoliqovning hissasi juda katta bo‘ldi.
Abduxoliq mavsumning eng yaxshi futbolchisi, to‘purar poygasi g‘olibi, Belarus chempionatlari tarixida eng ko‘p gol urgan legioner sifatida tan olindi. Shuningdek, hamyurtimiz bir necha rekordlar sohibi ham bo‘ldi.
Oliy ligada birinchi o‘rin ketma-ket uchinchi bor “Shaxtyor-Soligorsk” jamoasiga nasib qilgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, bu jamoa kelishilgan o‘yinlarda ayblanmoqda va katta ehtimol bilan uning o‘tgan yilgi natijalari bekor qilinadi.
Bu haqda Belarus futbolini yoritib borayotgan taniqli insayder Vadislav Tatur o‘z kanallari orqali xabar tarqatdi.
Yana bir manba – by.tribuna.com sayti “Shaxtyor”direktori Aleksandr Marchenko 30 yanvar kuni o‘z ish joyidan huquqni himoya qiluvchi organlar tomonidan chaqirtirilganini ma’lum qildi. Bu mutaxassis o‘z lavozimida 2021 yilning yanvaridan ishlab kelayotgan edi.
22 yanvar kuni Soligorsk klubining yana bir vakili – sport direktori vazifasida ishlab kelgan Vladimir Nidergaus Minsk shahrida qo‘lga olingan. Asli qozog‘istonlik bu mutaxassisni Belarusdan Germaniyaga deportatsiya qilinishi kutilmoqda.
Bir necha manbalarning ma’lum qilishicha, Belarus tergov qo‘mitasi 30 yanvar kuni “Shaxtyor” klubiga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atgan. “Shaxtyor” chempionlik mavsumi davomida kelishilgan o‘yinlarga aloqadorlik va musobaqa ishtirokchilarini sotib olishda gumon qilinmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, agar “Shaxtyor” klubining aybi isbotlansa, qoidaga ko‘ra, uning o‘tgan mavsumdagi barcha natijalari, xususan, chempionlik unvoni ham bekor qilinishi kerak. Agar ish shunday yakunlansa, “Energetik-BGU” Belarus chempioni, deb e’lon qilinishining ehtimoli katta.
Eslatib o‘tamiz, Belarus chempionatining o‘rtamiyona jamoalaridan hisoblangan “Energetik-BGU”ning so‘nggi uch yildagi natijalarining o‘sishida o‘zbek futboli tarbiyalanuvchilarining hissasi katta.
2020 yilgi mavsumning birinchi yarmida bu jamoada Jasurbek Yaxshboyev porlagan edi. Keyinchalik bu futbolchimiz aynan “Shaxtyor-Soligorsk” jamoasiga ko‘chib o‘tib, Belarus chempioni bo‘ldi.
O‘sha mavsumning ikkinchi yarmida – Jasur Yaxshiboyev Soligorskga ko‘chib o‘tganidan keyin, jamoa yetakchiligini Shahboz Umarov o‘z zimmasiga oldi. Bu futbolchimiz ham keyingi mavsumni BATEda boshlab, “Belarus” chempionati kumush medal sovrindori va mamlakat kubogi sohibi bo‘ldi.
Yangi mavsumda Abdulqodir Husanov, Amirbek Baqoyev va Shohruhbek Abdurahmonov “Energetik-BGU”da to‘p tepishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...