Mourino «Manchester Yunayted» bilan shartnoma imzoladi

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino «Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda "Kun" nashri xabar tarqatmoqda.
Xabar qilinishicha, bugun Londonda portugaliyalik mutaxassis «Manchester Yunayted»ning ijrochi direktori Ed Vudvord bilan uchrashgan va shartnomaga qo‘l qo‘ygan.
Hozircha bu haqda jamoa rasman e’lon qilmadi, shuningdek, shartnomaning qancha vaqtga va qanday shartlar nazarda tutilgan holda tuzilgani keltirilmagan.
Joriy haftada «Manchester Yunayted» qoniqarsiz natijalar tufayli Lui van Gaal bilan muddatidan oldin shartnomani bekor qildi. Mourino esa 2015 yilning dekabrida «Chelsi» bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgandi.
Bundan oldinroq manchesterliklar rahbariyati Joze Mourino «Chelsi»dan ketgach, yarim yil davomida boshqa klublarning taklifini qabul qilmasligi uchun unga 4 million funt sterlingni oldindan to‘lagani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, unga yozgi transferlar vaqtida jamoani kuchaytirish uchun 150 mln funt ajratilishi aytilgan.
2015/16 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, «MYu» APL turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egalladi, shuningdek Angliya Kubogiga ega chiqdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing