
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinoning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan. Jamoani 2021 yilning yozida qabul qilib olgan portugaliyalik mutaxassisga Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish vazifachsi yuklatilgan.
La Gazzetta dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, “Roma” bu mavsum Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, Mourino o‘ziga boshqa ish topishiga to‘g‘ri keladi.
Ta’kidlash kerakki, Mourino vazifani bajarish uchun qimmatbaho transferlarga ehtiyoj borligini ta’kidlab keladi. Biroq, sport direktori Tyagu Pinto hozirgi futbolchilar bilan eng nufuzli musobaqa yo‘llanmasini qo‘lga kiritish mumkin, degan fikrni ilgari surmoqda.
So‘nggi paytda portugaliyalik murabbiy klubning transfer siyosatidan noroziligini bildirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.