date
views 385

16 yoshli Sharifa kattalar o‘rtasida ham Osiyoda tengsiz bo‘ldi!

16 yoshli Sharifa kattalar o‘rtasida ham Osiyoda tengsiz bo‘ldi!
Qozog‘istonning Astana shahrida yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi qit’a birinchiligining ikkinchi kun dasturi yakunlandi.

Uch hatlab sakrash dasturida ishtirok etgan 16 yoshli Sharifa Davronova eng yuqori natija qayd etib, kattalar o‘rtasida ham tengsiz ekanini ko‘rsatdi. 13.98 metr natija hamyurtimizga chempionlikni taqdim qildi.

1. Sharifa Davronova (O‘zbekiston) – 13.98 metr
2. Mariko Marimoto (Yaponiya) - 13.66
3. Chen Tin (Xitoy) - 13.52

Eslatib o‘tamiz, Sharifa Davronova yoshlar o‘rtasidagi jahon chempioni hamda 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida Osiyo chempioni hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 16 yoshli Sharifa kattalar o‘rtasida ham Osiyoda tengsiz bo‘ldi!