Xolandni olmoqchimisiz? Bir milliard yevro to‘lang!

Xolandni olmoqchimisiz? Bir milliard yevro to‘lang!
Manchester Siti” to‘purari Erling Xolandning agenti Rafaela Pimyenta norvegiyalik hujumchining transfer summasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 23 yoshli o‘yinchining transfer summasi bir milliard yevroni tashkil qiladi.

- Erling Xolandning hozirgi narxi bir milliard yevro turadi. Men buni jiddiy aytyapman va bunga ishonman, - dedi Rafaela Pimyenta Telefoot nashriga.

Xoland Angliya Premyer-ligasida debyut mavsumini o‘tkazyapti.

Mohir hujumchi mavsum davomida barcha turnirlarda 31 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 32 marta ishg‘ol qildi.

Xolandning “shaharliklar” bilan shartnomasi 2027 yilgacha davom etadi. Shartnomada futbolchini 2024 yilning yozida 180 ming yevroga transfer qilishi mumkinligi haqida band borligini aytilgan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar