
Qozog‘iston Pro-ligasida chempionlik uchun kurashayotgan Toshkentning "Humo" xokkey klubi bugun pley-off doirasidagi ilk safar uchrashuvini o‘tkazdi.
"Qanotlilar" bugun 1/4 final doirasida "Gornyak"ga qarshi safardagi dastlabki o‘yinda 1:2 hisobida g‘alaba qozondi. E’tiborlisi, "Humo" o‘yin tugashiga 17 soniya qolganda g‘alaba shaybasini kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, "Humo" o‘tgan hafta Toshkentda "Gornyak"ni qabul qilgan va ikkala uchrashuvda ham g‘alaba qozongan edi.
Ma’lumot uchun, ushbu jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi to‘rtinchi bahs ertaga bo‘lib o‘tadi.
HumoXokkeyQozog‘iston Pro-ligasiToshkentning HumoPley-offGornyak O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar