23:05 / 21.02.2023
287

"Nasaf"ga ko‘chib o‘tgan Aziz Amonov masalasida burilish

"Nasaf"ga ko‘chib o‘tgan Aziz Amonov masalasida burilish
O‘zbekistonlik futbolchi Aziz Amonov Tehronning “Istiqlol” futbol klubi bilan shartnomani bir taraflama bekor qilib, Qarshining “Nasaf” klubi safiga kelib qo‘shilgandi. Keyinroq “Istiqlol” futbolchining “Nasaf” uchun ro‘yxatdan o‘tishiga qarshilik ko‘rsatdi hamda uning transfer sertifikatini tasdiqlashdan bosh tortdi.

“Nasaf” Aziz Amonovda “Istiqlol” bilan shartnomani bekor qilish uchun yetarlicha asos bo‘lganligini ma’lum qilib FIFAga xat yubordi. FIFA esa ishni o‘rganib chiqdi. Bugun tashkilotning tegishli palatasi “Nasaf” so‘rovini qanoatlantirib, Amonovni Liga ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonini yakunlashga ruxsat berdi.

Ma’lumot uchun, “Nasaf” Aziz Amonovni MyLeague onlayn platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazgandi. Ammo jarayonni to‘liq yakunlash uchun “Istiqlol” klubining xalqaro transfer sertifikatini taqdim etishi kutilayotgan edi.

Eron jamoasida FIFA qarori yuzasidan apellyatsiya kiritish uchun 10 kun vaqt bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf"ga ko‘chib o‘tgan Aziz Amonov masalasida burilish