date
views 247

YECHL. «Chelsi» 2023 yilda yutqazmagan «Borussiya D»ni turnirdan chiqarib yubordi

YECHL. «Chelsi» 2023 yilda yutqazmagan «Borussiya D»ni turnirdan chiqarib yubordi

Yevropa Chempionlar Ligasida dastlabki chorakfinalchilar aniqlandi.

Dortmundda minimal hisobda yutqazgan «Chelsi» «Borussiya»ni o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchratdi. Sterling va Havertsning gollari Germaniya jamoasiga 2023 yildagi ilk mag‘lubiyatni keltirdi.

«Benfika» «Bryugge»ga qarshi javob bahsida ham oson g‘alabani qo‘lga kiritib, 1/4 finalga yo‘llanma oldi.

YECHL. 1/8 final. 7 mart

Javob o‘yini

Chelsi — Borussiya D 2:0

Gollar: Sterling (43), Haverts (53, penalti).

Chelsi – Arrisabalaga, Jeyms, Kulibali, Kukurelya, Fofana, Chiluell, Kovachich (Pulishich, 83), Fernandes (Zakariyo, 87), Haverts, Sterling (Loftus-Chik, 83), Felish (Gallaher, 67).

Borussiya D – Mayer, Zyule, Shlotterbek, Gerreyru, Brandt (Reyna, 5), Roys, Jan, O‘zjan (Bayno-Gittens, 64), Bellingem, Volf, Aller (Malen, 77).

Ogohlantirishlar: Zyule (41), Arrisabalaga (65), Fernandes (77), Chiluell (90+2), Volf (90+2), Kukurelya (90+6), Bellingem (90+7).

Birinchi o‘yin — 0:1.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YECHL. «Chelsi» 2023 yilda yutqazmagan «Borussiya D»ni turnirdan chiqarib yubordi