Xitoyda yo‘lovchi styuardessani hammaning oldida tiz cho‘kib uzr so‘rashga majbur qildi

Xitoyda yo‘lovchi styuardessani hammaning oldida tiz cho‘kib uzr so‘rashga majbur qildi

Xitoyda samolyot bortida yuz bergan mojaro ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. China Eastern Airlines aviakompaniyasining Xefey–Dalyan yo‘nalishidagi reysi vaqtida styuardessa xizmat aravachasi bilan yo‘lovchining tirsagiga tegib ketgan.

Shundan so‘ng yo‘lovchi ayoldan uzr so‘rashni talab qilgan. Voqea davomida u styuardessani salonning o‘zida, boshqa yo‘lovchilar ko‘z o‘ngida tiz cho‘kib uzr so‘rashga majbur qilgan.

Aviakompaniya xodimini himoya qilib, yo‘lovchining bunday harakatini bortdagi tartibni buzish va xodimning shaxsiy qadr-qimmatini tahqirlash sifatida baholagan.

Mazkur holat yuzasidan aviakompaniya huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Mojaroni keltirib chiqargan yo‘lovchi esa aviakompaniyaning qora ro‘yxatiga kiritilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar