17:05 / 13.03.2023
394

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Boliviya va Venesuela qarshi kimlar o‘ynaydi?

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Boliviya va Venesuela qarshi kimlar o‘ynaydi?

O‘zbekiston milliy terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlarida Saudiya Arabistonida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadi. 

Vakillarimiz yig‘in doirasida Boliviya hamda Venesuela terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishlari rejalashtirilgan. 

24 mart

O‘zbekiston – Boliviya

28 mart

O‘zbekiston – Venesuela

Bosh murabbiy Srechko Katanes mazkur yig‘inga jalb etilgan futbolchilarning kengaytirilgan ro‘yxatini ma’lum qildi.

Qayd etish kerak, MTJning bir qator futbolchilari yig‘in oldidan Superliga uchrashuvida maydonga tushadilar. Shu sababli, yakuniy ro‘yxatga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Darvozabonlar — Abduvohid Ne’matov ("Nasaf"), Valijon Rahimov (OKMK), O‘tkir Yusupov ("Navbahor")

Himoyachilar — Rustam Ashurmatov ("Navbahor"), Farruh Sayfiyev ("Paxtakor"), Husniddin Aliqulov ("Nasaf"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Alibek Davronov ("Nasaf"), Umar Eshmurodov ("Nasaf"), Abdulla Abdullayev (AGMK), Sherzod Nasrullayev ("Nasaf"), Saidazamat Mirsaidov ("Olimpik")

Yarim himoyachilar — Odil Hamrobekov ("Paxtakor"), Aziz G‘aniyev ("Shabab Al Ahli", BAA), Otabek Shukurov ("Fotih Karagyumruk", Turkiya), Aziz Turg‘unboyev ("Paxtakor"), Oston O‘runov ("Navbahor"), Jamshid Iskanderov ("Navbahor"), Jaloliddin Masharipov ("Al Nassr", Saudiya Arabistoni), Sardor Sobirxo‘jayev ("Paxtakor"), Hojimat Erkinov ("Torpedo", Rossiya),

Hujumchilar — Jasur Yaxshiboyev ("Navbahor"), Eldor Shomurodov ("Spetsiya", Italiya), Bobir Abdixoliqov ("Ordabasi", Qozog‘iston)


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Boliviya va Venesuela qarshi kimlar o‘ynaydi?