Yosh yulduzlar ishonchni oqladi: Argentina terma jamoasi Boliviyani yirik hisobda yengdi

Yosh yulduzlar ishonchni oqladi: Argentina terma jamoasi Boliviyani yirik hisobda yengdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Argentina terma jamoasi Jahon chempionatidan keyingi ilk o'yinida Boliviyani 4:0 hisobida mag'lub etdi.
  • Uchrashuvda yosh futbolchilar, xususan, Niko Pas bir gol va bir golli uzatma bilan ajralib turdi.
  • G'alabada Lautaro Martines, Kristian Romero va Lopes ham o'z hissasini qo'shdi.
  • Ushbu o'yin Argentina terma jamoasining yangi avlod vakillari bilan kuchayganini ko'rsatdi.

Amaldagi chempionlar katta futbolga ishonchli qaytishdi. Lionel Skaloni boshchiligidagi Argentina milliy jamoasi Jahon chempionatidan keyingi dastlabki uchrashuvini Kordoba shahrida o‘tkazib, Boliviya termasi ustidan 4:0 hisobida yirik va yorqin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuv mezbonlarning to‘liq ustunligi ostida kechdi. Tarkibda bir qator yosh iqtidorlarga imkoniyat bergan Skaloni shogirdlari o‘yinning boshidan oxirigacha tempni nazorat qilib, raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Niko Pasning porlashi va Lautaroning navbatdagi goli

Bahsda asosiy e’tibor jamoaning yangi avlod vakillariga qaratildi. Ayniqsa, startda maydonga tushgan Niko Pas o‘zining yorqin o‘yini bilan ajralib turdi: 20 yoshli yarimhimoyachi o‘z hisobiga bitta gol va bitta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Hisob 19-daqiqadayoq ochildi — jamoa to‘purari Lautaro Martines yana bir bor o‘z mahoratini ko‘rsatdi. Oradan o‘n daqiqa o‘tib, Niko Pas jamoasining ikkinchi to‘pini kiritib, ustunlikni mustahkamladi. Ikkinchi bo‘limda himoyachi Kristian Romero va zaxiradan qo‘shilgan hujumchi Lopes raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

O‘rtoqlik uchrashuvi tafsilotlari:

  • Argentina — Boliviya 4:0

    1 oktyabr, Kordoba.

  • Gollar: Lautaro Martines (19), Niko Pas (29), Kristian Romero (54), Lopes (86).

Argentina tarkibi: Emiliano Martines, Giay (Simon, 74), Kristian Romero (Balerdi, 56), Lisandro Martines (Flores, 81), Vega, Palasios (Gomes, 81), Mak Allister (Ezekiel Fernandes, 74), Niko Pas (Mastantuono, 56), Prestianni (Barko, 56), Xulian Alvares, Lautaro Martines (Lopes, 74).

Jamoada yangilanish jarayoni

Skaloni ushbu bahsda Mastantuono, Prestianni, Barko va Lopes kabi yosh iste’dodlarga o‘yin amaliyoti taqdim etdi. Tajribali yetakchilar va yangi qon uyg‘unligi Argentinaning keyingi xalqaro sikli uchun tarkib chuqurligi va salohiyati yetarli ekanini yana bir karra isbotladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar