date

Jokovich Marreyni engib, ilk marta «Rolan Garros» sovriniga ega bo‘ldi

Jokovich Marreyni engib, ilk marta «Rolan Garros» sovriniga ega bo‘ldi

Dunyoning birinchi raqamli raketkasi, serbiyalik 29 yoshli Novak Jokovich «Rolan Garros» finalida angliyalik Endi Marreyga qarshi 4 set davom etgan bahsda 3-6, 6-1, 6-2, 6-4 hisoblarida g‘alaba qozondi, deyiladi "Kun" nashrida. U o‘z faoliyatida ilk marta grunt kortlarda o‘tkaziladigan bu turnirda g‘olib bo‘ldi. Shu vaqtgacha Jokovich 3 marta Parijdagi «Rolan Garros» finalida mag‘lubiyatga uchragandi.

Shuningdek, u endi Rafael Nadal, Rojer Federer, Andre Agassi, Roy Emerson, Rod Leyver, Don Badja va Fred Perri qatorida «Katta Dubulg‘a» turkumidagi barcha 4ta turnirda g‘olib bo‘la olgan sportchiga aylandi.

Bundan tashqari, u «Katta Dubulg‘a»da qatorasiga 4 turnirda g‘alaba qozongan uchinchi tennischi bo‘ldi. Undan oldin Badja (1937-1938) va Leyver (1962 va 1969 yillarda) shunday natijani ko‘rsatgandi.

Jokovich uchun «Rolan Garros» g‘olibligi «Katta Dubulg‘a» turkumidagi 12-titul bo‘ldi. U ATR turnirlarida esa 65-g‘alabasiga erishdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jokovich Marreyni engib, ilk marta «Rolan Garros» sovriniga ega bo‘ldi