18:50 / 23.03.2023
313

"Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvidagi bahsli vaziyatlar bo‘yicha Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi

"Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvidagi bahsli vaziyatlar bo‘yicha Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi
O‘zbekiston Coca cola Superliganing 3-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvidagi bahsli vaziyatlar Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi.
 
Unga ko‘ra, uchrashuvning 19-daqiqasida mezbonlar jarima maydoni ichida mehmonlarning 21-raqamli futbolchisi to‘p uchun kurashda maydonga yiqiladi. Biroq ushbu vaziyatda o‘yin qoidasi buzilmagan edi. Hakam ushbu vaziyatda o‘yinni davom ettirishi kerak edi.
 
Shuningdek, uchrashuvning 71-daqiqasida mezbonlarning 88-raqamli futbolchisi mehmon jamoa muxlislariga qarata tosh uloqtiradi. Futbolchining ushbu harakatlari qizil kartochkaga loyiq edi. Hakam bu vaziyatda "Paxtakor" futbolchisini sportga xos bo‘lmagan harakatlari uchun maydondan chetlashtirishi kerak edi.
 
Bundan tashqari, uchrashuvning 90+3-daqiqasida mezbonlar jarima maydonchasi ichida "Paxtakor"ning 88-raqamli va "Navbahor"ning 22-raqamli futbolchilari to‘p uchun kurashgan vaqtda to‘p mezbonlar himoyachisining qo‘liga tegadi. Ushbu holatda ikkala futbolchi ham to‘p uchun kurashayotgan bo‘lgan va bu kabi holatlarda to‘pning qo‘lga tegishi qoida buzilishi sifatida qayd etilmaydi. Hakam ushbu vaziyatda o‘yinni davom ettirishi kerak edi.
 
Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan uchrashuv hakamlari harakatlari yuzasidan chora ko‘rilishi uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Hakamlar qo‘mitasiga taqdimnoma kiritilganini ma’lum qilamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvidagi bahsli vaziyatlar bo‘yicha Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi