
Xabaringiz bor, ikkinchi yengil vazn toifasida ikkita kamar sohibi Murodjon Ahmadaliyev 9 aprel kuni Marlon Tapalesga qarshi ringga ko‘tariladi.
Bo‘lajak jang oldidan tashkilotchilar matbuot anjumanini tashkil etishdi va ushbu tadbirda hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev bo‘lajak jang haqida gapirdi.
“Texasda bo‘lib turganimdan xursandman. Ushbu jangga yuz foiz tayyorman. Ushbu kechada ajoyib jang ko‘rsataman. Mutlaq jahon chempioni bo‘lishni maqsad qilganman. Biroq men hozir bor e’tiborimni Marlon Tapalesga qarshi jangga qaratganman. Shanba oqshomida o‘zimni eng kuchli jihatlarimni ko‘rsatib, uni mag‘lub etishga harakat qilaman.
Ayni vaqtda menda ikkita chempionlik kamari bor va men ularning har ikkisini bo‘lajak jangda himoya qilaman. Bizning jang teng kurashlar ostida o‘tadi deb o‘ylayman. Men bu jangga tayyorman. Xose Romanga qarshi jangim faoliyatimdagi eng muhimi edi, endi men hamma narsamni o‘rtaga qo‘yishga tayyorman va kamarlarimni ishonchli tarzda himoya qilmoqchiman”, - dedi Murodjon Ahmadaliyev.
Murodjon AhmadaliyevMarlon TapalesJang OldidanMatbuot AnjumaniChempionlik KamariMutlaq Jahon Chempioni O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar