chempionlar ligasi doirasida "Manchester Siti" "Bavariya"ni "ko‘mib" qo‘ya qoldi - 3:0. Myunxendan tashrif buyurgan "qizil mashina" bu to‘qnashuvda tezlikka chiqish tugul, hatto yurishga ham qiynalib qoldi. Xo‘sh, bu qadar ojizona mag‘lubiyatning sabablari nimada yoki "Bavariya" rostan shu darajada kuchsizmi? Quyida shu kabi savollarga qo‘ldan kelgancha javob beramiz.
Qo‘rqoq taktika
Tuxel "Bavariya" murabbiyi qanday bo‘lishi kerakligini umuman bilmaydi. Bunisi mazkur uchrashuvda yaqqol sezilib qoldi. Biz bilgan myunxenliklar qarshisida kim turishiga qarab o‘tirmaydi. Xoh "Real" bo‘lsin, xoh "Barsa" barchasiga birdek hujumkor va agressiv futbol taklif etiladi. Biroq bugun nemischa futbolning "oyog‘ini osmondan" qilib yuborishdi. "Siti"dek klubni o‘z jarima maydoniga chorlash, yana Xolandi, de Bryuynesi bor jamoaga qarshi bunday usul tanlash g‘irt mantiqsizlik. Ustiga-ustak, tarkibda Upamekano ismli yigit allambalo harakatlari bilan "yaxshigina" obro‘ga ega bo‘ldi. Vaholanki, raqibga kuchli pressing va total futbol taklif etilganda, Gvardiola shogirdlari maydonda bu qadar erkin "ijod" qila olmasmidi?! Har xolda, Klopp bu borada "Liverpul" bilan Pepning raqiblariga bir necha marta master-klass o‘tib bergan.
Tushunarsiz qaror
Myuller, Kanselu va Mane kabi tajribali futbolchilarning zaxirada qolishini hazm qilish oson emas. To‘g‘ri, Musiala - super iqtidor egasi, Gnabri va Koman tezlikka ishlaydi. Upamekano esa mudofaada ishonchli tanlov (bu o‘yingacha shunaqa edi). Biroq bunday muhim uchrashuvlarda tajriba katta ahamiyatga ega ekanini Tuxel janoblari unutib qo‘ygan ko‘rinadi. Goldan so‘ng o‘zini yo‘qotib qo‘ygan yoshlar ketma-ket xatolar qilishda davom etdi. Raqib "qaltirayotganini" ko‘rgan "Siti" futbolchilari bosimni kuchaytirishdi va o‘z maqsadiga to‘liq yetishdi.
Aslida, "Bavariya" raqibdan bu darajada ojiz emas. Shunchaki, murabbiylar duelida Pep Tomasga saboq berib qo‘ydi. Keyingi bahsda mo‘jiza tufayligina nemis chempionlarini yarim finalda ko‘rishimiz mumkin. Buning uchun "Bavariya" "Real"cha uslubni "yoqib olib" maydonga tushishi kerak bo‘ladi. Germaniyaliklar bu vazifani eplay olarmikin?!
Shohrux Zoirov
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi