Amerika Kubogi: Meksika guruhdan chiqdi, Urugvay turnirni muddatidan oldin tark etadigan bo‘ldi

Amerika Kubogining 2-tur bahslari doirasida, S guruhi vakillari Meksika va Yamayka bahsi meksikaliklarning to‘la ustunligida o‘tdi, deyiladi "Kun" nashrida.
O‘yinning 18-daqiqasidayoq Xaver Ernandes Xesus Koronaning uzatmasidan keyin hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning oxirgi qismida, 81-daqiqada meksikaliklarning tajribali hujumchisi Oribe Peralta hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.
Bu g‘alaba Meksikaga muddatidan oldin guruh masalasini hal qilish imkonini berdi. Guruhning ikkinchi juftligida Urugvay Venesuelaga yutqazdi va turnirni muddatida avval tark etdi.
Keyingi turda Venesuela-Meksika va Urugvay-Yamayka uchrashuvlari rasmiyatchilik uchun o‘tkaziladi.
Meksika – Yamayka 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 18 Ernandes, 2:0 – 81 Peralta.
Meksika – Ochoa, Duenyas (Molina, 72), Arauxo, Korona, Moreno, Errera, Markes, Layyun, Ximenes, Ernandes (Peralta, 78), Korona (Losano, 63).
Yamayka – Bleyk, Mariappa, Morgan, Teylor, Uotson, Makkliri, Uilyamson (Ordjill, 77), Xektor, Makanuff (Binns, 62), Barns, Donaldson.
Ogohlantirish: Uotson (27).
[media=https://youtu.be/rmrVbBKG8Nc] “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing