12:20 / 30.04.2023
183

Yengil atletika. Davronova yana bir rekord bilan qit’a chempionligini qo‘lga kiritdi!

Yengil atletika. Davronova yana bir rekord bilan qit’a chempionligini qo‘lga kiritdi!
Toshkentda U18 yosh toifasida o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining uchinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining dastlabki oltin medallarini qo‘lga kiritdi. Kun davomida atletlarimiz 2 ta oltin va 1 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
 
Musobaqada termamizga ilk oltin medalni iqtidorli sportchimiz Sharifa Davronova keltirdi. Uch hatlab sakrash dasturida hamyurtimiz 13,99 metr natija ko‘rsatdi. Bu musobaqa rekordi, shuningdek, 18 va 20 yosh toifalaridagi jahon miqyosida mavsumning eng yaxshi natijasi sifatida qayd etildi.
 
Termamizning ikkinchi oltin medalini yigitlar o‘rtasida balandlikka sakrash sektorida Devdavs Ismailov keltirdi. Yurtdoshimiz musobaqada 2,06 metr balandlikni zabt etishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, qizlar o‘rtasida 400 metrga to‘siqlar osha yugurish bahsida Sabina G‘oibnazarova 1:04.06 soniya bilan bronza medali sohibiga aylandi.
 
Manba: MOQ

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yengil atletika. Davronova yana bir rekord bilan qit’a chempionligini qo‘lga kiritdi!