Havaskor boks bo‘yicha taniqli sharhlovchi Teylor O'Xiggins Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati janglarini va bokschilarning imkoniyatlarini tahlil qilishga kirishib ketdi.
O‘zbekiston ilk bor mezbon qilayotgan nufuzli musobaqada dunyoning 107 mamlakatidan 600 nafar charm qo‘lqop ustasi 13 ta medallar jamlanmasi uchun ringga chiqadi.
Buyuk Britaniyalik ekspert 51 kilogramm vazn toifasidagi bokschilar ishtirokini, ularning salohiyati va imkoniyatini, kutilayotgan natijalarni tahlil qilib, chempionlik uchun kurash Hasanboy Do‘smatov g‘alabasi bilan yakunlanishini kutayotganini bildirdi.
- Avvaldan kutilganidek, 51 kilogramm vazn toifasi kuchli bokschilarga to‘la. Qur’a jadvalining yuqori qismiga nazar tashlasak, bir necha qiziqarli janglar borligini ko‘ramiz. Chempionat avvalida amaldagi jahon chempioni – qozog‘istonlik Saken Bibosinov va hindistonlik Dipak Kumar to‘qnash keladi. Bu juftlik g‘olibi katta ehtimol bilan nimchorak finalda xitoylik Chjan Szimao bilan kuch sinashadi.
Yana e’tiborga molik jang Yevropa chempioni Bilol Bennama (Fransiya) hamda tailandlik tezkor bokschi Txitisan Panmot o‘rtasida bo‘lishi kutilmoqda. Bu juftlik g‘olibi chorak finalda 2016 yili Braziliyada o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlari finalchisi Yuberxen Martinesga ro‘baro‘ kelishini taxmin qilish mumkin.
Aslida yengil vaznlarda kuchli bokschilar ko‘pligi tufayli vaziyat qanday kechishini tahlil qilish juda qiyin. Biroq, 51 kilogramm vazn toifasida yarim final juftligi Saken Bibosinov va Yuberxen Martinesdan tarkib topadi, deb o‘ylayman. O‘zao to‘qnashuvda yana Bibosinovning qo‘li baland keladi.
Qur’a jadvalining quyi qismidagi to‘qnashuvlar orasida eng e’tiborli jang – 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘smatov va kubalik Erislan Romero o‘rtasida bo‘lishi kutilmoqda.
Bu vazn bo‘yicha yana qanday taxminlarni ilgari surish mumkin. Hasanboy Do‘smatov va Saken Bibosinov finalda uchrashadi va Osiyo chempionatining finali uchun revansh bo‘ladi. Bu ikki bokschi o‘rtasidagi superfinalda esa Do‘smatov ilk bor jahon chempioni tojini kiyadi, - deb o‘z tahlil va taxminlarini bildirdi Teylor O'Xiggins.
Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli Hasanboy Do‘smatov Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, uch karra Osiyo chempioni va Butunjahon Universiadasi g‘olibi hisoblanadi. U faoliyati davomida faqat ikkita finalda – 2017 yili Germaniyadagi jahon chempionati va 2018 yili Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarining hal qiluvchi bahsida imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan kifoyalangan.
25 yoshli Saken Bibosinov esa 2019 yili Rossiyadagi jahon chempionatida bronza, 2021 yili Belgradda bo‘lgan musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, Saken Tokio Olimpiadasi sovrindori, Osiyo chempionatlarining kumush va bronza medali sohibi bo‘lgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi