
Toshkent mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha 2023 yilgi Jahon chempionatining 3-kungi bahslarida 3 may, chorshanba kuni bo‘lib o‘tmoqda.
-71 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Saidjamshid Ja’farov Mozambik vakili Osorio Muxangaga qarshi ringga ko‘tarildi.
Dastlabki ikki raund Ja’farovning ustunligida o‘tdi. Uchinchi raunda afrikalik bokschi faollikni oshirdi, biroq aniqlik borasida Saidjamshid yaxshiroq harakat qildi. Yakunda hakamlar bir ovozdan Ja’farovning g‘alabasini qayd etdi.
3 may kuni o‘zbekistonlik yana bir bokschi Mujibillo Tursunov (-60 kg) gambiyalik Merri Kor bilan jang qiladi. Jang 18:30 dan keyin start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar