Toshkentda o‘tayotgan jahon chempionatining yana bir sensatsion natijasi -51 kg vazn toifasida amaldagi jahon chempioni qozog‘istonlik Saken Bibossinovning kutilmaganda Hindiston vakili Dipak Dipakka imkoniyatni boy berib qo‘ygani bo‘ldi. Shu tariqa, hindistonlik bokschi yurtdoshimiz Hasanboy Do‘smatovning jahon chempionligi yo‘lidagi asosiy raqiblaridan biriga aylandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Biz jangdan keyin Dipak bilan bog‘landik va Hindiston delegatsiyasidan o‘rin olgan murabbiy Dmitriy Dmitruk va Dipak bilan qisqacha muloqotda bo‘ldik.
- Avvalo muhim g‘alaba bilan tabriklayman!
- Rahmat.
- Turnir boshlanishidanoq amaldagi jahon chempioni bilan tushib qolish yoqimsiz bo‘lsa kerak?
- Dipak: Qachondir kuchli raqiblar bilan to‘qnash kelinadi-ku.
-Endi, turnirdagi asosiy raqib sifatida kimni ko‘rmoqdasizlar?
- Dipak: Jahon chempionatida barcha raqiblar juda kuchli. Alohida bittasini ta’kidlamoqchimasman. Har qanday raqibga tayyormiz.
- Dmitruk: Bilasizmi, jahon chempionatida ishtirok etayotgan barcha raqiblar yaxshi hozirlik ko‘rgan. Hammasini jiddiy raqib sifatida ko‘ramiz. Kimgadir yuqori baho berib yoki qaysidir raqibga past baho berish kerak emas.
- Shunday deysiz-kuya, lekin baribir Hasanboy Do‘smatov bu vaznda eng jiddiy raqibligini bilasiz...?
- Dmitruk: Albatta, Hasanboy Do‘smatov juda yaxshi darajadagi bokschi, lekin yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, qolganlarni kuchiga ham past baho bermaslik kerak.
- Qiziq jihati, ushbu vazndagi yetakchilardan biri kolumbiyalik Yuberjen Martines ham musobaqani tark etdi...?
- Dmitruk: Shaxsan men Martinesga achindim. Garchi, ehtimoliy raqibimiz bo‘lishi mumkin bo‘lsa ham. Chunki u juda yaxshi bokschi edi. Uslublari ma’qul kelardi. Biroq, bu jahon chempionati va unda oddiy raqiblar bo‘lmaydi.
- Dastlabki ikki raund Saken Bibossinovga keldi. Shunda ham g‘alabaga ishonch bormidi?
- Dmitruk: To‘g‘risi, biz bunga ahamiyat ham berganimiz yo‘q. Maqsadimiz, faqat g‘alaba qozonish bo‘ldi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin