Superliga 9-turida safarda «Nasaf» bilan durang o‘ynagan «Navbahor» klubi bosh murabbiyi ehtiyotkor o‘yin, raqib, avvalgi o‘yinlarda yo‘qotilgan ochkolar va raqobatchilar haqida gapirdi.
«To‘g‘risini aytsam, durang adolatli natija bo‘ldi. Bugun ikkala jamoa ham ehtiyotkor o‘ynadi. Bugun mamlakatning ikki kuchli va peshqadam jamoalari o‘rtasidagi o‘yin ancha qiziqarli va shiddatli bo‘ldi. Munosib jamoalar o‘rtasidagi bellashuvda munosib durang. Bugun 9-tur uchrashuvi va aytishim mumkinki, hali optimal tarkibni yig‘a olmadik. Bugun yutqazishga haqqimiz yo‘q edi, boisi o‘zbek futbolidagi ajoyib shaxs va mutaxassislardan biri, ustozimiz Viktor Jalilovning xotirasi uchun ham o‘ynagan edik.
Bahsning boshidan biroz pastroqda joylashishga majbur bo‘ldik. Buni reja qilmagan edik, ammo shunday bo‘ldi. Kurashlarda raqibga imkoniyatni boy berdik. Ular to‘pni bizdan chaqqonlik bilan yulib olishdi. Sifat bo‘yicha yutqazmagan bo‘lishimiz mumkin, ammo kurashlarda raqibga yutqazdik.
Tarkibda muammolar bor ekanini aytishim kerak. Avvalgi o‘yinlarda yo‘qotilgan ochkolar uchun hali kurashamiz. Bugun chempionatda bizga qarshi jamoalar katta motivatsiya bilan o‘ynashayotganini inkor qilmaslik kerak. Asosiy raqib sifatida aynan bizni ko‘rishyapti.
Tarkibda Boltaboyev va Hoshimovning yo‘qligi bilindi. Boshqa muammolar ham yetarli. Tarkibga qarasangiz, yoshlar jamoalaridan taklif etilgan yoshlar bor. Ularga ham imkon berishga harakat qilyapmiz», - dedi Babayan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin