date
views 107

Boks bo‘yicha JCH-2023. Lazizbek Mullojonov raqibidan ustun keldi

Boks bo‘yicha JCH-2023. Lazizbek Mullojonov raqibidan ustun keldi
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
 
-92 kg vazn toifasida Lazizbek Mullojonov gruziyalik Giorgi Tchigladze bilan ringga ko‘tarildi. Hamyurtimiz ko‘k formada, uning raqibi qizil libosda harakat qildi.
 
Lazizbek Mullojonov ilk raundni o‘z foydasiga hal etdi - 5:0.
 
Ikkinchi raundda Mullojonovning ustunligi qayd etildi - 5:0.
 
Uchinchi raundda ham hakamlar bir ovozdan vakilimizning ustunligini qayd etishdi - 5:0. Yakuniy hisob ham 5:0. Mullojonov keyingi bosqichda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks bo‘yicha JCH-2023. Lazizbek Mullojonov raqibidan ustun keldi