Tokio Olimpiyadasida bronzo medalini qo‘lga kiritgan taniqli Qozog‘istonlik bokschi – Saken Bibossinov Toshkent mehmonlik qilayotgan jahon chempionatining 1/16 bosqichida kutilmaganda mag‘lubiyatga uchraganidan xabaringiz bor.
51 kg vazn toifasida o‘tkazilayotgan jangler doirasida qozog‘istonlik bokschi Hindiston vakili – Dipak Dipakka imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Saken ko‘p o‘tmay, o‘z ijtimoiy tarmoqlari orqali vaziyatga quyidagicha izoh berdi:
“Afsuski, men uchun boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon chempionati yakuniga yetdi. Men musobaqaga Qozog‘iston boksi tarixiga o‘z nomimni yozdirib qo‘yish maqsadida tashrif buyurgan edim. Mag‘lubiyatimni tan olaman va bunda faqat o‘zimni ayblayman. Xatolarga yo‘l qo‘ydim. Sabablar ko‘p. Bu haqida kimdir biladi, kimdir esa, yo‘q. 2022-yilda juda og‘ir jarohat olgan edim. Natijada jarroxlik stoliga yotishimga to‘g‘ri keldi. Tiklanishim uchun 2 oydan ko‘proq vaqt ketdi. Bunga qadar musobaqalarda ishtirok eta olganim yo‘q. Operatsiyadan ko‘p o‘tmay, Toshkentga musobaqada ishtirok etish uchun keldim.
Buni o‘zimni oqlash uchun aytayotganim yo‘q. Balki, kimdir meni pul uchun jahon chempionatida ishtirok etgan deb hisoblar. Aslida, yurtim bayrog‘ini baland ko‘targan holda, ikki karra Jahon chempioni degan unvonga ega chiqmoqchi edim. Afsuski, rejalar har doim ham amalga oshavermaydi. Barchasi Yaratganni qo‘lida ekanligini yana bir bor eslatmoqchiman. Endilikda, xatolarim ustida ish olib boraman. Nasib qilsa, ringga bundan ham kuchliroq bo‘lib qaytaman. Men sinib qolganim yo‘q.”
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin