20:05 / 08.05.2023
530

Jalolov – Kunkabaev: Qozog‘istonlik muxlislar bokschilar imkoniyatini qanday baholadi?

Jalolov – Kunkabaev: Qozog‘istonlik muxlislar bokschilar imkoniyatini qanday baholadi?

Toshket shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati qizg‘in davom etmoqda.

Har qanday sport turida bo‘lgani kabi boksda ham printsipial raqiblik tushunchasi bor. Xususan, O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari  o‘rtasidagi raqobat doimo murosasiz bo‘lgan. Navbatdagi jahon chempionatida ham ushbu mamlakat vakillari o‘rtasidagi janglarni kutayotganlar yo‘q emas.

Ko‘pchilik intizorlik bilan kutayotgan bellashuvlardan biri – jahon chempioni Saken Bibosinov va Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Hasanboy Do‘smatov jangini ko‘rishning imkoni bo‘lmaydi. Bibosinov kutilmaganda hindistonlik Dipak Kumarga yutqazib, musobaqadan chiqib ketdi. Do‘smatov o‘zaro hisob-kitob keyingi nufuzli musobaqalar – Olimpiya yoki Osiyo o‘yinlariga qolganini bildirdi.

Shunga qaramay, hammaning e’tiborida turgan Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabaev o‘rtasidagi to‘qnashuv finalgacha bo‘ladi. Har ikki bokschi raqiblarini engib, chorak finalga chiqqan. Final oldidagi final aynan mana shu bosqichga to‘g‘ri keldi.

Toshkentdagi jahon chempionatini yoritayotgan manbalar hozir mana shu ikki gigant charm qo‘lqop ustasining jangdagi imkoniyatlarini tahlil va taxmin qilmoqda.

Telegrammdagi “Sport Shredingera” kanali Bahodir Jalolovga qarshi jangda Qamshibek Kunkabaevning imkoniyatlarini baholashni so‘rab, post qo‘ydi.

Sports.uz portali ushbu postga yozilgan qozog‘istonlik ayrim muxlislarning fikrlarini e’tiboringizga havola etadi.

Londoncanada: Nokaut kerak

Abay Maulenov: Imkoniyat nol

A&R: Imkoniyat omadli nokaut bilan

Nur- Sultan: Hech qanday shans yo‘q, Jalolov kuchliroq va texnikasi ham yaxshiroq

Seka: Imkon har doim bo‘ladi. Qamshibek hozir yaxshi formada

Serikbaev Ansar: Keyingi jang Jalolovga qarshi bo‘lib chiqyaptimi?

NNN: Qamshibekka hakamlar yordamlashmasa...

Gani Gani: Qamshibek qamchini bosadigan payt keldi

Tyson Fury: Kunkabaevda o‘sish borday

Dossan: Imkoniyat har doim bor

ASTALA19: Nega ular chorak finalda to‘qnash keldi? Kamida yarim finalda duch keladigan qilish kerak edi. Har ikkisi yarim finalga loyiq.

Janas jaksimbetov: Afsuski, Qamshibekdan deyarli imkon yo‘q, Jalolov yaqqol favorit!

Nұrbolat: Jalolov o‘syapti, Qamshibek bir saviyada turib qoldi

Kuanysh: Jalolovga hakamlar ham kerakmas. U shundoq ham kuchli. O‘zbeklar 48 va 54 kilogrammdan tashqari boshqa barcha vaznlarda biznikilardan kuchli.

Arman: Jalolovdan o‘tolmaydi

Ashat Asik: Shans yo‘q

Barca Fan: Jalolov hammani haqqoniy yutyapti. Shans bor lekin juda oz. Yaxshi taktika va omadli nokaut kerak, busiz imkon yo‘q.

Maqsat: Imkon yo‘q. Jalolovni hech kim to‘xtata olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabaev shu kungacha sakkiz marotaba to‘qnash kelgan va umumiy natija 5:3 hisobida o‘zbek bokschisi foydasiga. Jahon chempionatida ular o‘rtasidagi jang 10 may kuni bo‘lib o‘tadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jalolov – Kunkabaev: Qozog‘istonlik muxlislar bokschilar imkoniyatini qanday baholadi?