20:32 / 12.05.2023
229

Ruslan Abdullayev: "O‘zim xohlagandek jang qila olmadim"

Ruslan Abdullayev: "O‘zim xohlagandek jang qila olmadim"
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Bugun yarim final janglari bo‘lib o‘tdi.
 
 -63,5 kg vazn toifasida Ruslan Abdullayev armanistonlik Xovanes Bachkov bilan ringga ko‘tarildi.
 
Vakilimiz ikki raunddagi g‘alaba evaziga raqibidan ustun keldi. Jangdan so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
 
"Jang juda yaxshi bo‘ldi. Bu raqibim avval  juda kuchli edi. Muxlislarimga katta rahmat aytaman. Shunchalik qo‘llab-quvvatlagani uchun. Ertangi jangda chempion bo‘lib O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarish asosiy maqsadim.
Bu eng kuchli raqibim edi va uni yutib oldim. Ko‘pchilik ishonmadi, lekin g‘alaba qozondim. Murabbiylarim uzoqdan ishla degandi, men o‘zim yaqin ishladim. O‘zim xohlagandek jang qila olmadim", - dedi Ruslan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ruslan Abdullayev: "O‘zim xohlagandek jang qila olmadim"