
Bugun tungi soat 00:00 da "Manchester Siti" va "Real" Madrid jamoalari Yevropa chempionlar ligasi finaliga chiqish uchun maydonga tushadi. Mazkur to‘qnashuv oldidan Angliya klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Hujumda yanada samaraliroq harakat qilish uchun taktik tomonlama o‘zgarishlar qilishim mumkin. Lekin alohida nimadir ishlab chiqmaymiz.
Mendan o‘ta dohiyona qarorlar kutishingizni tavsiya qilmayman. O‘zgarishlar qilinsa-da, tarkibda u qadar keng ko‘lamdagi yangiliklar qilib yubormaymiz.
Hamma narsa haqida gapirish niyatim yo‘q. Aks holda, Karlo (Anchelotti) bu gaplarni eshitib qoladi (kuladi). Nima bo‘lishini yaxshisi o‘yinda ko‘rganingiz qiziqroq, menimcha", - dedi ispaniyalik mutaxassis uchrashuvdan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.