date
views 439

Ravshan Haydarov Gvatemala mag‘lub etilgandan so‘ng nimalar dedi?

Ravshan Haydarov Gvatemala mag‘lub etilgandan so‘ng nimalar dedi?
20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Gvatemala bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Termamiz safida Ne’matjonov dubl muallifiga aylandi.
 
Bahsdan so‘ng termamiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va keyingi bosqichga tayyorgarlikni bugundan boshlash kerakligini ta’kidladi:
 
- Avvalambor, oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarganimiz uchun yigitlarga rahmat aytmoqchiman. Sababi, keyingi bosqich yo‘llanmasi o‘tgan bellashuvda durang o‘ynaganimiz tufayli mavhumligicha qolayotgandi.
 
- O‘yin va o‘yinga bo‘lgan munosabat borasida ham Gvatemala termasidan ustun bo‘ldik va bu hisobda ham aks etdi. Albatta, keyingi bosqich o‘yinlari bundan ham shiddatli bo‘ladi. Tayyorgarlikni bugundan boshlaymiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Haydarov Gvatemala mag‘lub etilgandan so‘ng nimalar dedi?