20:41 / 04.06.2023
294

O‘zbekiston terma jamoasining “CAFA Nation's Cup” turnirida qatnashadigan futbolchilari

O‘zbekiston terma jamoasining “CAFA Nation's Cup” turnirida qatnashadigan futbolchilari
O‘zbekiston milliy terma jamoasining “CAFA Nation's Cup”  turniri uchun jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi.
 
Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U20 terma jamoasi safida JCHda ishtirok etgan Abduqodir Husanov va Abbosbek Fayzullayevlar ham kattalar terma jamoasidan chaqiruv olishdi.
 
Ro‘yxatdan joy olgan futbolchilar bilan tanishing:
 
Darvozabonlar
Abduvohid Ne’matov ("Nasaf"), Botirali Ergashev (OKMK), O‘tkir Yusupov ("Navbahor")
 
Himoyachilar
Ibrohim Halil Yuldashev ("Nijniy Novgorod"), Farruh Sayfiyev ("Paxtakor"), Abduqodir Husanov ("Energetik-BGU"), Xojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Alibek Davronov ("Nasaf"), Umarbek Eshmurodov ("Nasaf"), Abdulla Abdullayev (OKMK), Sherzod Nasrullayev ("Nasaf"), Dilshod Saitov ("Paxtakor").
 
Yarim himoyachilar
Odiljon Hamrobekov ("Paxtakor"), Abbosbek Fayzullayev ("Paxtakor"), Otabek Shukurov ("Fatix Karagumruk"), Aziz Turg‘unboyev ("Paxtakor"), Oston O‘runov ("Navbahor"), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Jamshid Iskanderov ("Navbahor"), Jaloliddin Masharipov ("Al Nassr"), Sardor Sobirxo‘jayev ("Paxtakor"), Jamshid Boltaboyev ("Navbahor"), Xojimat Erkinov ("Torpedo").
 
Hujumchilar
Jasur Yaxshiboyev ("Navbahor"), Eldor Shomurodov ("Spetsiya"), Bobir Abdixoliqov ("Ordabasi"), Igor Sergeyev ("Tobol").
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi "CAFA Nation's Cup" turnirini 11 iyun kuni Ummonga qarshi bahs bilan boshlaydi. O‘yin soat 20:30 “Bunyodkor” stadionida start oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasining “CAFA Nation's Cup” turnirida qatnashadigan futbolchilari
ePN