Xabar berib o‘tganimizdek, WBA tashkiloti birinchi yarim yengil vazn toifasida (55,3 kg) majburiy da’vogarni aniqlash uchun hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev va Tomoki Kameda yakuniy eliminator jangiga buyruq berdi.
Tomoki "El Mexicanito" Kameda 1991 yilda Yaponiyada tug‘ilgan.
Kameda faoliyati davomida 43 ta jang o‘tkazib, 40 ta g‘alaba qozongan. Janglarining 22 tasida raqiblarini muddatidan oldin mag‘lub etgan.
U 2013 yil 53 kg vaznda WBO kamarini qo‘lga kiritgan va uni 2015 yilda Jemi MakDoniga boy bergan. Shundan so‘ng, faoliyatini birinchi yarim yengil (55,3 kg) vaznda davom ettirib, 2019 yil WBC kamari uchun Rey Vargasga qarshi jang qilgan va ochkolar bo‘yicha imkoniyatni boy bergan.
Kameda 2023 yilga qadar Hironiri Miyake, Yonfrez Parejo, Uilliams Enkamasio, Luis Kastilio kabi bokschilar ustidan g‘alaba qozondi.
Kameda hozirda WBA reytingida 1, IBF va WBO reytingida 9-o‘rinda bormoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?