10:44 / 07.06.2023
134

O‘FA vakillari Fransiyadagi mashhur futbol markazi faoliyati bilan tanishdilar

O‘FA vakillari Fransiyadagi mashhur futbol markazi faoliyati bilan tanishdilar
Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyatida barpo etilayotgan O‘zbekiston terma jamoalari uchun markazini xalqaro standartlar asosida bunyod etish, jihozlash va faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida futboli rivojlangan bir qator davlatlarning tajribalari o‘rganilmoqda.
 
O‘FA rahbariyati FIFA taklifiga binoan dunyodagi eng mashhur futbol markazlaridan biri bo‘lgan “Klayrefontayn”da bo‘ldi. Fransiyadagi mazkur infratuzilma 62 gektar hududda joylashgan bo‘lib, unda 8 ta maydon, futbol ilmiy-tadqiqot markazi, tibbiy-reabilitatsiya markazlari, konferens xonalar, fitnes va anjumanlar zali, milliy terma jamoalar uchun yotoqxonaga ega. Bundan tashqari, bu yerda Fransiya milliy futbol akademiyasi joylashgan bo‘lib, maskan jahon futboliga Teri Anri, Nikolya Anelka, Kilian Mbappe singari bir qancha yulduzlarni yetkazib bergan.
O‘FA vakillari Toshkent viloyatidagi bazadan o‘rin oladigan obektlarni xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha kerakli tavsiyalar oldilar. Terma jamoalar markazida joylashishi ko‘zda tutilgan mashg‘ulotlar zali, ilmiy-tadqiqot markazi, reabilitatsiya markazi, mashg‘ulot maydonlari, yopiq sport kompleksi va konferensiya xonalarini, futbolchilar yotoqxonasini jihozlash yuzasidan Fransiya tajribasi o‘rganildi. Bir qancha loyihalarga qo‘shimchalar kiritilishi belgilandi.
 
O‘FA matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FA vakillari Fransiyadagi mashhur futbol markazi faoliyati bilan tanishdilar
ePN