29 sentyabr kuni Toshkentda ob-havo qanday bo‘ladi?

29 sentyabr kuni Toshkentda ob-havo qanday bo‘ladi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • 29 sentyabr kuni Toshkentda kechasi qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kutilmoqda, kunduzi esa yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
  • Toshkent shahrida havo harorati kechasi 11–13 daraja, kunduzi esa 24–26 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
  • O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, respublikaning boshqa hududlarida ham havo biroz bulutli va o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Ertaga, 29 sentyabr kuni Toshkent viloyati va poytaxtda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, ayrim paytlarda momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida havo biroz bulutli va vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kechasi ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Kunduzi esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 11–13 daraja, kunduzi esa 24–26 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.

Toshkent viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar