08:29 / 08.06.2023
198

"Vest Xem" "Fiorentina"ni mag‘lub etib, Konferensiyalar Ligasi chempioniga aylandi!

"Vest Xem" "Fiorentina"ni mag‘lub etib, Konferensiyalar Ligasi chempioniga aylandi!
Futbol bo‘yicha Yevropa Konferensiyalar Ligasi finalida “Vest Hem” va “Fiorentina” 7 iyun, chorshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida 0:0 hisobi qayd etildi. Ikkinchi bo‘limda esa inglizlar faolroq harakat qilishni boshladi va 62-daqiqada penalti ishladi. Said Benrahma penaltini aniq amalga oshirdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, Jakomo Bonaventura muvozanatni tikladi. O‘yin so‘ngida esa Jarred Bouen “bolg‘achilar”ga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.
 
Shu tariqa “Vest Hem” Konferensiyalar Ligasi g‘olibiga aylandi. Ingliz jamoasi ushbu turnirda zafar quchgan ikkinchi klubga aylandi. 2021/22 yilgi mavsumda “Roma” Konferensiyalar Ligasining ilk chempioni bo‘lgandi.


Konferensiyalar Ligasi
Final
7 iyun, chorshanba
 
“Fiorentina” Italiya – “Vest Hem” Angliya 1:2
Gollar: 0:1 – 62 Benrahma (penalti), 1:1 – 67 Bonaventura, 1:2 – 90 Bouen.
“Fiorentina”: Terrachchano, Dodo, Milenkovich, Raneri (Igor Julio, 84), Biragi, Bonaventura, Amrabat, Mandragora (Barak, 90), Gonsales, Yovich (Artur, 46), Kuame (Saponara, 62).
“Vest Hem”: Areolya, Soufal, Zuma (Kerer, 61), Agerd, Emerson, Souchek, Rays, Lukas Paketa, Benrahma (Fornals, 76), Bouen, Antonio (Ogbonna, 90).
Ogohlantirishlar: Benrahma (31), Agerd (53), Mandragora (66), Dankan (68), Milenkovich (75), Amrabat (85), Bouen (90).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Vest Xem" "Fiorentina"ni mag‘lub etib, Konferensiyalar Ligasi chempioniga aylandi!
ePN