132
Petar Segrt: "Ushbu musobaqada yaxshi ishtirok etishimiz kerak, sababi bizni keyingi yil Osiyo Kubogi kutib turibdi"
Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Petar Segrt va terma yetakchilaridan biri Axtam Nazarov CAFA Nations Cup musobaqasi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.
- Musobaqa haqida
- Birinchi navbatda, barchaga salom yo‘llayman. O‘zbekiston aholisiga minnatdorchilik bildiraman, chunki ular bizni juda yaxshi qabul qilishdi va bizga mehmondo‘stlik qilishmoqda. CAFA Nations Cup turniri men uchun juda muhim, sababi men 7 yil avval Afg‘oniston terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lib ishlaganman. Afg‘oniston terma jamoasida ishlagan vaqtim bunday musobaqalar o‘tkazilmasdi. Afg‘oniston ham ushbu musobaqada ishtirok etmoqda, faqat boshqa guruhda. Futbolni nafaqat maydonda, balki maydondan tashqari ham rivojlantirishimiz kerak. O‘ylaymanki, bir necha yildan so‘ng "CAFA Nations Cup" Osiyoning eng yaxshi musobaqalaridan biri bo‘ladi. Men Maldiv terma jamoasi bilan ishlagan vaqtim Suzuki Kubogida ishtirok etganman, u turnir ham mintaqaviy musobaqa edi, lekin CAFA musobaqasi ham kuchli va barcha raqiblar deyarli bir xil kuchga ega. Biz barcha raqiblarni hurmat qilamiz va kuchli deb hisoblaymiz. So‘zimning so‘ngida o‘zbek futbol klublariga minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman, sababi ular bizning terma jamoamiz a’zolarini, FIFA kunlaridan avval ko‘yib yuborishdi va bizga juda katta yordam berishdi.
Murabbiydan so‘ng Axtam Nazarov ham musobaqa haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi va bitta savolga javob berdi.
- Ajoyib musobaqa bo‘ladi deb o‘ylayman. Birinchi marta shu kabi musobaqada ishtirok etamiz. Barcha raqiblar kuchli.
- So‘nggi uchrashuvda maydonga tushmadingiz. Bunga nima sabab bo‘ldi?
- Oxirgi bahsda oilaviy sabablar tufayli qatnashmagandim. Hammasi ortda qoldi. Endi yana shu yerdaman va terma bilan ijobiy natijalarni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.
- Xorijda to‘p tepadigan futbolchilar terma jamoaga qanday holatda kelishdi?
- Bugun ertalab terma jamoaga Parvizjon Umarboyev kelib qo‘shildi. O‘tgan kuni ham bir nechta futbolchimiz keldi. Ularni sekin-astalik bilan tarkibga qo‘shamiz. Tojikiston futboli tarixida birinchi marotaba futbolchilarimiz 10 ta davlatda to‘p tepishmoqda. Bu – katta natija, Osiyo Kubogiga saralash bosqichida yaxshi ishtirok etdik, Rossiyaga qarshi muvaffaqiyatli o‘yin o‘tkazdik. Bu yaxshi natijalarga erishayotganimizdan darak beradi. Bizning tarkibimizda Ukraina chempioni va Eron chempionlari bor. Biz Tojikistonmiz, bizda "improvizatsiya" juda kuchli.
Biz ushbu musobaqada yaxshi ishtirok etishimiz kerak, sababi bizni keyingi yil Osiyo Kubogi kutib turibdi va u yerda biz Qatar, Xitoy va Livan kabi kuchli terma jamoalarga qarshi maydonga chiqamiz. Bugun ertalab Turkmaniston terma jamoasi bosh murabbiyi bilan ko‘rishib qoldik va do‘stona suhbat bo‘lib o‘tdi. Biz birodar xalqlarmiz, lekin ertaga bu narsalarni unutamiz va 90 daqiqaga raqibga aylanamiz. Men O‘mon terma jamoasi bosh murabbiyi Branko Ivankovichni yaxshi taniyman. Katanetsni ham juda hurmat qilaman, lekin ular bizning raqibimizga aylanishadi. O‘zbek xalqiga mehmondorchilik uchun katta rahmat!
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?