22:30 / 11.06.2023
257

CAFA Nations Cup—2023. O‘zbekiston terma jamoasi O‘monni yirik hisobda mag‘lub etdi

CAFA Nations Cup—2023. O‘zbekiston terma jamoasi O‘monni yirik hisobda mag‘lub etdi
"CAFA Nation's Cup" turniri guruh bosqichi ilk turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - O‘mon o‘yini yakuniga yetdi. Unda vakillarimiz yirik 3:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
 
Uchrashuvda ikki golga ham Jaloliddin Masharipov mualliflik qildi. U dastlab jarima zarbasidan ajoyib gol urgan bo‘lsa, keyinroq Sayfiyevning uzatmasidan so‘ng Jaloliddin to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Uchinchi gol esa Hojiakbar Alijonov nomiga qayd etildi.
[media=https://twitter.com/ShuhratRazzakov/status/1667949158937001986?s=20]
 Shu tariqa, vakillarimiz 3 ochko to‘plab, guruhda 1-o‘ringa chiqib oldi.
 
O‘zbekiston - O‘mon - 3:0 
Gollar: Jaloliddin Masharipov 7, - 1:0 (jarima to‘pi). Jaloliddin Masharipov 24, - 2:0 (Farruh Sayfiyev). Hojiakbar Alijonov 89, - 3:0 (Hojimat Erkinov).
O‘zbekiston: 1.O‘tkir Yusupov, 10.Jaloliddin Masharipov (25.Hojimat Erkinov, 60), 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Farruh Sayfiyev (5.Abduqodir Husanov, 83), 7.Otabek Shukurov, 8.Jamshid Iskanderov (17.Sardor Sobirxo‘jayev, 60), 9.Odiljon Hamrobekov (23.Jasurbek Yaxshiboyev, 73), 11.Oston O‘runov (26.Abbosbek Fayzullayev, 73), 13.Sherzod Nasrullayev, 15.Umarbek Eshmurodov, 18.Abdulla Abdullayev.
Zaxira: 2.Alibek Davronov, 12.Abduvohid Ne’matov, 16.Botirali Ergashev, 19.Azizbek Turg‘unboyev, 20.Akmal Mozgovoy, 22.Dilshod Saitov, 24.Bobir Abdixoliqov.
O‘mon: 1.Ibrohim Al Muhayni, 4.Arshad Al Alavi (11.Abdulloh Favaz, 46), 5.Juma Al Xabsi, 6.Ahmad Al Hamisi, 7.Issam Al Sabhi (19.Mahmud Al Mushaifri, 65), 8.Zohir Akbari (21.Abdul Rahmon Al Mushaifri, 85), 9.Umar Al Malki (12.Muhsin Al G‘assani, 46), 10.Jamil Al Yahmadi, 14.Ahmad Al Kaabi, 20.Salah Al Yahyoi, 23.G‘arib Al Saadi.
Zaxira: 2.Samih Al Hamrashdi, , 13.Ahmad Al Matrushi, 15.Musaab Al Mamari, 16.Xolid Al Braiki, 18.Faiz Al Rusheidi, 22.Ahmad Al Ravahi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » CAFA Nations Cup—2023. O‘zbekiston terma jamoasi O‘monni yirik hisobda mag‘lub etdi
ePN