
"CAFA Nation's Cup-2023" musobaqasi doirasidagi Turkmaniston – O‘zbekiston uchrashuvidan so‘ng o‘yinning eng yaxshi o‘yinchisi Eldor Shomurodov o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.
- O‘yin haqida qisqacha fikrlaringiz?
- Ikki xil taym bo‘ldi. Birinchi bo‘lim nisbatan qiyin bo‘ldi. Tezlik va ozroq agressiya yetishmadi. Ikkinchi bo‘limda xatolarni to‘g‘rilab, natijaga erishdik.
- Srechko Katanetsning yo‘qligi qanchalik bilindi?
- Murabbiyni o‘rni har doim bilinadi. O‘yindan oldin uning yo‘qligi bizga aytilgandi. Katanetsning yo‘qligini bildirmaslikka harakat qildik.
- Bugungi gollaringizni kimga bag‘ishladingiz?
- Birinchi golimni qizimga, ikkinchisini esa Davron (Fayziyev) akaga bag‘ishladim.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar