"Inter" va "Arsenal" Garay uchun kurashadi

"Inter" va "Arsenal" Garay uchun kurashadi. Garay hozir diqqat markazida
"Zenit" himoyachisi Esekel Garay hozirda Milanning "Inter" va Londonning "Arsenal" jamoalari nazariga tushgan. Garayning o‘zi ingliz jamoasiga qiziqish bildirayotgan bo‘lsada, italiyaliklar mahoratli o‘yinchini qo‘ldan chiqargisi yo‘q, deya xabar beradi championat.com.
Yaqinda tarqalgan ma’lumotlarga qaraganda "Zenit" Garayni "Inter"ning himoyachisi Djeyson Muriloga alishtirishi va ustiga qo‘shimcha mablag‘ ham to‘lashi mumkin. Shuningdek OAVda tarqalgan xabarlarda Garay "Zenit"dan shartnomani bekor qilishni rasmiy ravishda so‘ragan.
RFPLning o‘tgan mavsumida Garay 20 ta match o‘tkazdi hamda 2 ta gol va 1 natijali to‘p uzatishga muvaffaq bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing