Abbos Fayzullayev: "Men uchun unutilmas kun bo‘ldi, chunki terma jamoadagi birinchi golimni urdim. Golimni ota-onam, tog‘am va yangamga bag‘ishlayman. Bizni Eronga qarshi juda muhim bahs kutib turibdi, bugundan o‘sha uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz.
- Raqib jamoaning ko‘plab futbolchilari jismonan baquvvat va gavdai o‘yinchilar edi. Bu sizga qiyinchilik tug‘dirmadimi?
- Yo‘q, o‘z pozitsiyamga tushdim va o‘zimni qulay his qildim.
- Bugun terma jamoa safida gol urgan 108-futbolchiga aylandingiz...
- Juda xursandman, orzularimdan biri amalga oshdi. Endi ko‘plab gollar uraman deb umid qilaman.
- Turli yoshdagi terma jamoalarda gol urgansiz, hissiyotlar bir-biridan farq qiladimi?
- Kattalar terma jamoasida gol urish yoqimliroq bo‘lsa kerak.
- Terma jamoalar safidagi sevimli golingiz?
- Osiyo Kubogi 1-turida jarima zarbasidan urgan golim.
Manba: championat.asia
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Namanganda xalqaro ko‘rgazma: qiymati xonadonga teng otlar, 200 kiloli qo‘ylar va osmonga uchirilgan kabutarlar (foto, video)
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Nigeriyalik futbolchi «Paxtakor»ga o‘tishga yaqin turibdi