242
Iyul-avgust oyida tashkil etiluvchi professional boks olamidagi super janglar bilan tanishing
Professional boks olamida ajoyib qarama-qarshiliklar bizni kutib turibdi. Ayniqsa, yoz oylarida (iyul-avgust) “qaynoq” boks kechalari tashkil etiladi. Biz aynan ushbu oylarda bo‘lib o‘tuvchi super janglar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
25 iyul – Tokio, “Ariake arena”
Naoya Inoue (Yaponiya, 24-0,21 KO) – Stiven Fulton (AQSH, 21-0,8 KO)
Birinchi yarim yengil vazn (55.3 kg) toifasida WBC hamda WBO chempionlik kamari uchun o‘tkaziladi. Amaldagi chempion Stiven Fulton vaznini ko‘targan yaponiyalik “Monstr”ga qarshi himoya jangida ringga ko‘tariladi. Ma’lumki, ushbu vaznda hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev WBA hamda IBF chempionlik kamarlariga egalik qilgandi. U so‘ngi jangida Marlon Tapalesga qarshi imkoniyatni boy bergan holda, chempionlikni boy bergan. Albatta, Fulton va Inoue jangi g‘olibi mutlaq jahon chempionligi uchun Tapalesga qarshi jang qilishi aniq. Shubhasiz, Murodjon qachondir ushbu uchlik bilan jang qilish imkoniyatiga eega bo‘ladi. Qisqa qilib aytganda, bu tom ma’nodagi super jang bo‘ladi.
29 iyul – Las-Vegas, “T-mobil Arena”
Terens Krouford (AQSH, 39-0,30 KO)–Errol Spens (27-0,21 KO)
Ha, buni juda “katta jang”, deb bemalol aytishimiz mumkin. Hali bror marotaba mag‘lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan bokschilar yarim o‘rta vazn (66, 7 kg) toifasi mutlaq chempionligi uchun ringga ko‘tarilishadi. Spens WBC, WBA, IBF chempionlik kamarlari sohibi bo‘lsa, Krouford uzoq vaqtdan buyon WBO chempionlik kamari egasi sanaladi. Xullas ushbu jangda g‘alaba qozongani bu divizionning yaqqol “qirol”iga aylanadi.
5 avgust - Dallas, “Amerikan Eyrlayns-sentr”
Jeyk Pol(AQSH (6-1,4 KO) – Neyt Dias (AQSH)
Bu o‘ziga xos shou jangi bo‘ladi. Ma’lumki, Pol bloger-bokschi sanalsa, Neyt Dias sobiq UFC jangchisi hisoblanadi. Biroq, Pol Diasdan avval, Tayron Vudli, Ben Askren va Anderson Silva kabi MMA jangchilarini mag‘lub eta olgan. U so‘ngi jangida Tommi Fyuriga mag‘lub bo‘lgan edi. Dias esa MMA olamida juda katta nomga ega va qaytmas jangchi sanaladi. Ularning o‘zaro boks borasidagi bahsi ham qiziq o‘tishi aniq.
19 avgust – Kvebek, Videotoron, Kanada
Artur Beterbiyev (Rossiya, 19-0,19 KO) – Kallum Smit (Buyuk Britaniya, 19-1,21 KO)
Yarim og‘ir vazn (79,4 kg) toifasida WBC, WBO,IBF chempionlik kamarlari uchun o‘tkaziladi. Ushbu kamarlarning amaldagi sohibi Artur Beterbiyev sanaladi. Albatta, nokautchi Beterbiyev uchun Kallum Smit noqulay raqib bo‘lishi mumkin. Smit faoliyati mobaynida birgina Saul Alvaresdan mag‘lubiyatga uchragan. U uchun bu katta imkoniyat , bundan unumli foydalanishga harakat qiladi. Ammo, Beterbiyev bu oddiy bokschi emas! Xullas, qiziqarli jangning guvohiga aylansiz.
26 iyul –Vrotslav, Polsha
Aleksandr Usik ( Ukraina, 20-0,13 KO) – Daniel Dyubua (Buyuk Britanpiya, 16-1, 16 KO)
Og‘ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF chempionlik kamarlari uchun bo‘lib o‘tadi. Ma’lumki, Usik ushbu chempionlik kamarlarini amaldagi sohibi sanaladi. Uning Tayson Fyuri, Deontay Uaylder bilan jangi haqida juda ko‘p gapirildi. Yakunda, britan bokschisi Dyubua unga navbatdagi raqib sifatida tanlandi. Dyubua ham bir marotaba mag‘lub bo‘lgan. U Jo Joysga imkoniyatni boy bergandi. Albatta, Usikning ushbu jangda imkoniyati yuqori bo‘lishi mumkin. Biroq, bu professional boks va unda har qanday holat yuzaga kelishi mumkin. Gapning indallosi bu to‘qnashuv ham yorqin bo‘lishi aniq.
Shubhasiz, yana ushbu oylarda bir qator iste’dodlarning va kelajak yulduzlari sifatida e’tirof etilayotganlar ham ringga ko‘tariladi. Biz esa, qiziqarlilik nuqtai nazardan super janglarga tortuvchi qarama-qarshiliklar haqida to‘xtaldik. Qolaversa, professional boks olamida har kuni bir yangilik yuzaga kelishi mumkin. Shunday ekan, yana bir qator ajoyib janglar anons qilinishi mumkin. Biroq, hozircha shular muxlislarning diqqat-e’tiboridagi to‘qnashuvlar desak, yanglishmagan bo‘lamiz.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi