
"Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi prezident qarori loyihasi e'lon qilindi.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 1 yanvardan boshlab:
- Oliy sport mahorati instituti negizida Oʻzbekiston davlat sport akademiyasini tashkil etish;
- Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutini Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuriga oʻtkazish;
- Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktori Sport akademiyasi rektorining tavsiyasiga asosan yoshlar siyosati va sport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi toʻgʻrisidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.
Quyidagilar, Sport akademiyasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilanadi:
- jismoniy tarbiya va sport sohasida zamon talablariga javob beradigan kadrlarni, Osiyo va paraosiyo, olimpiya va paralimpiya oʻyinlarida, shuningdek jahon kubogi hamda chempionatlarida natija koʻrsatadigan sportchilarni tayyorlash;
- kadrlarni tayyorlash jarayonida ilgʻor ta'lim texnologiyalarini va xorijiy tajribalarni qoʻllagan holda oʻquv jarayonini tashkil qilish;
- davlat va nodavlat sport tashkilotlari sport bazalaridagi oʻquv mashgʻulot yigʻinlarini tahlil qilish jarayoniga professor-oʻqituvchilar va talabalarni jalb etish, mashgʻulotlarni oʻtkazishning ilgʻor usullarini joriy etish;
- yuqori sport natijalariga erishgan taniqli sportchilarning jismoniy, texnik, taktik va psixologik xususiyatlarini tahlil qilish, zamonaviy sport nazariyasi va amaliyoti, elita sportchilarni tayyorlash, usullari va xususiyatlarini oʻrganish;
- Respublika, Osiyo, Jahon chempionatlari va kuboklarini hamda olimpiya va paralimpiya oʻyinlarini muntazam tahlil qilib borish, elita sportchilarni tarbiyalash, axloqiy tarbiyalash va boshqarish, doping nazorati, xalqaro musobaqalar tahlil natijalarini tajribada qoʻllash;
- sportchi va trenerlik faoliyatining tadqiqot usullari, zamonaviy sport yutuqlaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirishga oid ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish.
Sport akademiyasining muvofiqlashtirish-vasiylik kengashi tasdiqlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar