Portugaliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi BAA terma jamoasi ustoziga aylandi

Portugaliyalik mutaxassis Paulu Bentu Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, 54 yoshli murabbiy BAA futbol federatsiyasi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan.
Eslatib o‘tamiz, Bentuning oxirgi ish joyi Janubiy Koreya terma jamoasi bo‘lgan (2018-2022).
Avvalroq u “Olimpiakos”, “Kruzeyro”, “Sporting” klublari hamda Portugaliya terma jamoasini ham boshqargan.

Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…