date
views 423

Alisher Nikimbayev JCH-2026ga saralash qur’asi natijalari haqida o‘z fikrlarini bildirdi

Alisher Nikimbayev JCH-2026ga saralash qur’asi natijalari haqida o‘z fikrlarini bildirdi

Taniqli futbol eksperti va boshqaruvchi Alisher Nikimbayev Championat.Asia muxbiri Nikolay Yegorichev bilan suhbatda JCH-2026ga saralash qur’asi natijalari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasiga Eron, Turkmaniston, shuningdek Gongkon/Butan juftligi g‘olibi raqiblik qiladigan bo‘ldi.

- Saralashning ikkinchi bosqichi - biz umuman o‘ylashimiz kerak bo‘lmagan narsa. Ushbu guruhdan ikkinchi o‘rin bilan chiqish oson. Turkmanistonga rasmiy o‘yinlarda biror marta yutqazmaganmiz, faqatgina bir marta durang o‘ynaganmiz, shunda ham bizga hech narsa kerak bo‘lmagan payt edi, turkmanlarda esa katta motivatsiya bo‘lgandi. Bugungi kunda Turkmanistondan kuchlimiz va biz kutilmaganda yutqazib qo‘yishimiz uchun nimadir bo‘lishini ko‘rmayapman.

Shu bilan birga, men ko‘proq bizga Gonkong tushishidan xavotirlanyapman, sababi bu tarixan Turkmanistondan ko‘ra qiyinroq raqib. Men ishlagan va terma jamoa bosh murabbiyi Valeriy Nepomnyashiy bo‘lgan payt, birinchi taymdan so‘ng 2:0 hisobida oldinda bora turib, yakunda uyda 2:2 o‘ynaganmiz. Tanaffusda menga bir do‘stim qo‘ng‘iroq qilib, g‘alaba bilan tabriklagandi. Men unga boshqa bunday qilmaslikni aytdim. Sezganimdek, Gonkong o‘shanda hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi taymda ham durang bo‘lgandi, 0:0.

Eron va O‘zbekiston bir yildan so‘ng uchinchi bosqichda bo‘ladi deb o‘ylayman. Ha, O‘zbekiston balki Osiyoning eng kuchli terma jamoalari safida bo‘lmasligi mumkin. Ammo, bizda bunday vazifalarni yechishi kerak bo‘lgan juda yaxshi va kuchli jamoa bor. Hali 2026 yilgi jahon chempionatiga 100% tayyormiz deya olmayman.

Barchasi qur’alar va FIFA reytingi, uchinchi bosqichda qaysi savatchaga tushishimizga bog‘liq bo‘ladi. FIFA reytingida ballarni hisoblash tizimi o‘zgardi, buni hisobga olish kerak. Biz uchun ushbu qur’ada uchinchi savatchadan pastda bo‘lmasligimiz muhimroq, aniqrog‘i reytingda 7-8 o‘rindan. Agar birinchi oltilikka kirsak, ideal bo‘ladi, o‘shanda biz qur’a oldidan ikkinchi savatchaga tushamiz. Vazifa qiyin: reytingda Iroq, BAA va Oman, keyin esa Qatar va Saudiya Arabistonidan o‘tish kerak. Kamida uchinchi savatcha darajasida va imkoniyatga qarab ikkinchisiga tushishga intilish kerak. Keyin esa aytganimdek, barchasi qur’aga bog‘liq, - deydi Nikimbayev.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Alisher Nikimbayev JCH-2026ga saralash qur’asi natijalari haqida o‘z fikrlarini bildirdi