10:37 / 30.07.2023
159

Voleybol bo‘yicha Osiyo chempionatida yurtdoshlarimiz kumush medalni qo‘lga kiritishdi

Voleybol bo‘yicha Osiyo chempionatida yurtdoshlarimiz kumush medalni qo‘lga kiritishdi

Toshkentda voleybol bo‘yicha 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smir yigitlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Bosh sovrin uchun O‘zbekiston va Eron jamoalari bahs olib bordi.

Uchrashuvning dastlabki setini o‘zbekistonlik sportchilar o‘z foydasiga hal qilishgan bo‘lsa, keyingi 3 setda eronlik sportchilar ustunlik qilishdi.

Shu tariqa, o‘zbekistonlik voleybolchilar musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bu barcha yosh toifalaridagi o‘zbekistonlik voleybolchilar uchun qit’a birinchiligidagi ilk final bo‘ldi. Qolaversa, ushbu natija evaziga terma jamoa kelasi yil bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritishdi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Voleybol bo‘yicha Osiyo chempionatida yurtdoshlarimiz kumush medalni qo‘lga kiritishdi