Islandiya ertagi yakuniga yetdi, Fransiya - yarim finalda


Yevropa chempionati chorak finali doirasida so‘nggi o‘yin yakuniga yetdi. Musobaqa mezboni Fransiya terma jamoasi Islandiyaga qarshi maydonga tushdi va g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda yirik hisob qayd etildi. Fransiya terma jamoasi 5:2 hisobida g‘alabaga erishdi. Islandiya faqat ikkinchi bo‘limga kelib javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo Sigtorson va Byarnasonlar kiritgan gol vaziyatni o‘nglash uchun yetarli bo‘lmadi.
Shu tariqa Islandiya ertagi yakuniga yetdi va Fransiya terma jamoasi Yevropa chempionati yarim finalida Germaniya bilan kuch sinashadi.
Yevropa chempionati
Chorak final
Fransiya – Islandiya 5:2 (4:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 12 Jiru, 2:0 – 19 Pogba, 3:0 – 42 Payet, 4:0 – 45 Grizmann, 4:1 – 56 Sigtorsson, 5:1 – 59 Jiru, 5:2 – 84 Byarnason.
Fransiya – Loris, Sanya, Kosyelni (Mangalya, 72), Umtiti, Evra, Pogba, Matyuidi, Sissoko, Grizmann, Payet (Koman, 80), Jiru (Jinyak, 60).
Islandiya – Xaldersson, Sevarsson, Arnason (Ingason, 46), Sigurdsson, Skulason, Gudmundsson, Gunnarsson, Sigurdsson, Byarnason, Sigtorsson (Gudonsen, 83), Bedvarsson (Finnbogason, 46).
Ogohlantirishlar: Byarnason (58), Umtiti (75).
Manba: www.fut.uz































Izohlar 0
…