"Lans"ning "Brest"ga qarshi qaydnomasi e’lon qilindi. Husanov bormi?

Fransiya chempionatining 1-turida "Lans" safarda "Brest" mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi. Mazkur bahs uchun mehmonlarning kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi.
E’tiborlisi, legionerimiz Abduqodir Husanov ushbu bellashuv qaydnomasiga kiritligan va jamaosiga yordam berish uchun maydonga tushishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Husanov fransuz klubida o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushdi. Ertaga u yangi jamoasida rasmiy o‘yinda debyut qilishi mumkin.

Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…