To‘yi kuni stadionga borgan Alisher Odilov barchani hayratda qoldirdi (video)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Farg‘onaning “Neftchi” klubi hujumkor yarim himoyachisi Alisher Odilov ham oilali bo‘ldi. Futbolchining nikoh to‘yi 11 iyul kuni bo‘lib o‘tgani haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar orasida eng ko‘p e’tibor tortgan lavhalardan biri — Alisher Odilovning to‘yi kuni stadionga tashrif buyurgani bo‘ldi. Ushbu holat muxlislar tomonidan futbolga bo‘lgan sadoqat va muhabbatning yorqin namunasi sifatida baholanmoqda.
Tarqalgan videolarda to‘y marosimi milliy an’analar ruhida, ko‘tarinki kayfiyat va samimiy muhitda o‘tgani aks etgan. Kelin-kuyovning quvonchi va baxti ularning chehrasidan yaqqol sezilib turadi.
Mehmonlar, yaqinlar va do‘stlar ishtirokidagi tantanali oqshomdan olingan kadrlar qisqa vaqt ichida internet foydalanuvchilari orasida keng tarqaldi. Izohlarda muxlislar Alisher Odilovni yangi hayot bosqichi bilan samimiy tabriklab, yosh oilaga baxt-saodat, mustahkam oila va farovon hayot tilashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 10 iyul kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasining yana ikki futbolchisi — Abbosbek Fayzullayev va Akmal Mozgovoy ham nikoh to‘ylarini o‘tkazib, oilali bo‘lishdi.






























Izohlar 0
…