Terma jamoa futbolchisi Akmal Mozgovoyning nikoh to‘yidan yorqin lahzalar (video)

10 iyul kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari uchun unutilmas sana bo‘ldi. Shu kuni nafaqat Abbosbek Fayzullayev, balki terma jamoa yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy ham nikoh to‘yini o‘tkazdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda har ikki futbolchining to‘yidan olingan videolar keng tarqalib, muxlislar e’tiborini tortmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Abbosbek Fayzullayev Nisobonu bilan, Akmal Mozgovoy esa Madina bilan oila qurgan.
To‘y marosimlarida O‘zbekiston milliy terma jamoasining futbolchilari ham ishtirok etgan. Ayrim futbolchilar Akmal Mozgovoyning to‘yida qatnashgan bo‘lsa, boshqalari Abbosbek Fayzullayevning to‘yiga tashrif buyurgan.
Tarqalgan videolardan har ikki to‘y milliy an’analar ruhida, ko‘tarinki kayfiyat va samimiy muhitda o‘tgani ko‘rinadi. Kuyov-kelinlarning, mehmonlarning quvonchi va futbolchilarning bir-birini tabriklayotgani aks etgan lavhalar muxlislar tomonidan iliq kutib olindi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari izohlarda har ikki yosh oilani tabriklab, ularga uzoq umr, baxt-saodat va ahil-inoq hayot tilashmoqda.






























Izohlar 0
…